Yangiliklar

Bugun, 17 fevral kuni Nukusda Jipek jolı mehmonxonasida “Media klub”ning ekologik muammolar, iqlim…

17.02.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Bugun, 17 fevral kuni Nukusda Jipek jolı mehmonxonasida “Media klub”ning ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishi va ularning ayollarga ta’siri yoritilishi masalasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda ekspertlar, jurnalistlar, bloggerlar, Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining assistent o’qituvchilari va talabalari, NNO vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Tabassum” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Muhokamada iqlim o‘zgarishlarining ayollar sog’ligiga ta’siri, OAVda dezinformatsiya tarqalishi va gender stereotiplariga qarshi kurashish mavzulari ko‘tarildi.

Senator Oral Ataniyazova «Media va Ekologiya: Nukus»da dezinformatsiya va gender muammolari». U iqlim o‘zgarishi ta’siri haqida, ayollar sog‘lig‘iga ta’siri to‘g‘risida malumot berdi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda gender tengligi muhimligini ta’kidladi.

Tadbir davomida jurnalistlar iqlim o‘zgarishi va gender muammolarining bog‘liqligi haqida bilimini oshirib, material tayyorlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com