Yangiliklar

«Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi» mavzusida uchrashuv bo‘ldi

03.02.2025

👁 5 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 11 fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Erimbetova, O‘zbekiston Qahramoni O.Saytova, tibbiyot fanlari doktori (DSc) A.Ermekbayeva va tibbiyot fanlari nomzodlari S.Bazarova va F.Xojambergenovalar talabalarga ilm yo‘lidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuvda O.Saytova o‘zining mehnat faoliyati, ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari va qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari haqida keng tarzda so‘zlab berdi. Bugungi kunda Hurmatli Prezidentimizning yaratib bergan imkoniyatlaridan unumli foydalanib kelajakda oq xalatga loyiq yetuk kadrlar bo‘lib yetishishiga chaqirdi.

Tadbir davomida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga olim ustozlaridan javoblar oldi.

👉 Batafsil

▪️ Telegram I Instagram I Facebook I YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com