2026-yil 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi…
11.06.2026 Поделиться2026-yil 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining respublika bosqichi Zoom platformasi orqali o‘tkazildi.
📍Tanlovda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari ham munosib ishtirok etishdi. Jumladan, Kizilbayeva Altinay Saparbay qizi “Med X”, Ashuraliyev Ilyosbek “Aid Now” Bayrammametov Anvar «Sympto AI» startap loyihalari bilan qatnashdi.
📍“Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining asosiy maqsadi yoshlarning innovatsion va kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va mamlakatning innovatsion rivojlanishiga xizmat qiladigan yangi g‘oyalarni aniqlashdan iborat.
📍Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rahbariyati tanlov ishtirokchilariga kelgusidagi ilmiy va innovatsion faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.


