Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasiga amerikalik shifokor «Tabassum hadya etamiz»…
06.04.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasiga amerikalik shifokor «Tabassum hadya etamiz» jamg‘armasi asoschisi Baiev Xasan Junidovich va bir qator tajribali tibbiyot xodimlari yetib keldi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori O.Xalimov ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri M.Kurbanov ishtirok etdi. Tadbir doirasida tashrif buyurgan mehmonlar klinikadagi operatsiya xonalari va yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.
Ushbu tadbir 18 yoshgacha bo‘lgan yosh bolalarning tug‘ma tanglay va lab kasalliklari bo‘yicha bepul operatsiyalar o‘tkazishga qaratilgan.







