Fotogarereya,Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida — “Ma’rifat maydoni” tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi!

08.11.2025

👁 5 marta ko‘rilgan

Bugun, 8-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, talaba-yoshlarni intellektual va ijodiy izlanishga chorlash, ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganishga yo‘naltirish maqsadida “Ma’rifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovining institut bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

📚 Tanlovning asosiy maqsadi — tibbiyot talabalari orasida intellektual salohiyatni oshirish, ularning keng dunyoqarashi, sahna madaniyati va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, shuningdek, har tomonlama yetuk, ma’rifatli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.

👥 Tanlovda 2 fakultetdan shakllangan jamoalar ishtirok etib, quyidagi 3 yo‘nalish bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini namoyish qildilar:

1️⃣ Adiblar hayoti bo‘yicha bilimlar sinovi

2️⃣ Tezkor savol-javob

3️⃣ Adiblar ijodi asosida teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari

🎭 Tanlov jarayonida talabalar nafaqat adabiyot bo‘yicha bilimini, balki aktyorlik mahoratini, sahna madaniyatini, jamoada ishlash ko‘nikmalarini ham namoyon etishdi. Bu bellashuv tibbiyot talabalari nafaqat ilmda, balki ijod va ma’naviy boylikda ham faolligini ko‘rsatdi.

🏆 Tanlov natijalari:

🥇 1-o‘rin — 1-tibbiyot fakulteti jamoasi

🥈 2-o‘rin — 2-tibbiyot fakulteti jamoasi

🎁 G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

“Ma’rifat maydoni” tanlovi — tibbiyot sohasidagi bo‘lajak mutaxassislarning intellektual yetuklik va ma’naviy kamolga intilishining yorqin namunasidir. Institut yoshlarining bunday tashabbuslari kelgusida nafaqat kasbiy, balki ma’naviy barkamollik yo‘lida ham mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com