Yangiliklar

QTI Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi: muhim qarorlar va yangi vazifalar belgilandi

07.11.2025

👁 4 marta ko‘rilgan

6-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Institut Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rahbariyati, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda ilmiy kengash a’zolari ishtirok etishdi. Majlisni institut rektori Olimbay Xalimov boshqardi.

📌 Kun tartibidagi asosiy masalalar:

• Professor-o‘qituvchilarning muddati tugagan lavozimlarini tasdiqlash bo‘yicha Institut Kengashi kotibi K. Dauilbayeva axboroti tinglandi va yashirin ovoz berish orqali tanlov yakunlandi.

• Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i Sh. Jiemuratovaning hisobotlari eshitildi.

• 2025–2026 o‘quv yilida Institut qabul komissiyasi faoliyati bo‘yicha E. Bimbetov ma’lumot berdi.

• 2024–2025 o‘quv yilida institut bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanish jarayonlari bo‘yicha Q. Tairovning hisobotlari muhokama qilindi.

• 2024–2025 o‘quv yilining bahorgi semestri yakuniy nazorat natijalari yuzasidan talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida institutni har tomonlama rivojlantirish, ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Rektor Olimbay Xalimov kelgusi davr uchun ustuvor vazifalarni belgilab, bo‘lim va fakultet rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi.

Mazkur yig‘ilish institutning strategik rivojlanishi va ta’lim jarayonininig takomillashuvi uchun muhim qadam bo‘ldi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com