Fotogarereya,Yangiliklar

QTIda talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi!

28.10.2025

👁 9 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori Olimbay Xalimov talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida rektor talabalar bilan dildan suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Suhbat jarayonida yurtimizda tibbiyot sohasiga berilayotgan e’tibor, yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan besh muhim tashabbus, shuningdek, ilm-fan va ta’limdagi zamonaviy yo‘nalishlar haqida so‘z yuritildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi. Rektor esa barcha murojaatlarni diqqat bilan tinglab, har bir masala bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Tashrif chog‘ida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, is gazi xavfini oldini olish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berildi.

Rektor TTJdagi mavjud shart-sharoitlar, o‘quv va dam olish xonalari, to‘garaklar faoliyatini ko‘zdan kechirdi. U shuningdek, talabalar uchun yaratilgan qulay muhitni yanada yaxshilash, TTJ infratuzilmasini takomillashtirish yo‘lida zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

“Talabalar bizning kelajagimiz. Sizlar uchun sharoit yaratish — bizning burchimiz!”, — deya ta’kidladi O.Xalimov.

Uchrashuv yakunida rektor talabalarni mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, bilimga chanqoq, faol va tashabbuskor bo‘lishga, kelgusida yurt ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassislar sifatida kamol topishga chaqirdi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com