TABRIK!

25.10.2025

👁 7 marta ko‘rilgan

Bugun — Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori, fidoyi rahbar, tajribali tashkilotchi va yuksak insoniy fazilatlarga ega shaxs Xalimov Olimbay Ashirbayevichning tavallud kuni!

Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev nomidan Jo‘qorg‘i Kenges komiteti raisi Murat Atamuratov tabrik so‘zini o‘qib eshittirdi hamda estalik sovg‘asini topshirdi.

Bu yuksak e’tibor Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan institut rahbariyatiga va jamoasiga bildirilgan ishonch va ehtirom ifodasi bo‘lib, butun jamoamiz uchun katta faxr va sharafdir.

Hurmatli Olimbay Ashirbayevich!

Sizni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi nomidan 65 yoshga to‘lgan tavallud kuningiz bilan chin dildan tabriklaymiz!

Siz o‘z faoliyatingiz davomida tibbiyot ta’limini rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, yosh avlodni bilimli va fidoyi mutaxassislar etib tarbiyalash yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelmoqdasiz.

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida ta’lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilmiy izlanishlar va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi tashabbuslaringiz jamoamiz uchun ibrat maktabidir.

Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, tinchlik, uzoq umr va kelgusi faoliyatingizda yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Har bir kuningiz ezgu ishlarga, yurt va xalq ravnaqi yo‘lidagi yangidan-yangi yutuqlarga boy bo‘lsin!

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com