Yangiliklar

QTI va Yaponiya hamkorligi: Aholi salomatligi yo‘lida amaliy qadamlar

24.11.2025

👁 4 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Yaponiya bilan xalqaro hamkorlik doirasida bir qator muhim loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu hamkorlikning muhim natijalaridan biri — Yaponiyaning bevosita ko‘magi asosida 7,3 million AQSH dollari qiymatidagi zamonaviy Simulyatsiya markazining tashkil etilishi bo‘ldi. Markaz yosh shifokorlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda.

🩺 Bugun, 25-noyabr kuni Nukus tumani tibbiyot birlashmasida QTIning tibbiy brigadasi va Yaponiyalik mutaxassislar ishtirokida Mobil klinika yordamida tibbiy ko‘rik tashkil etdi.

Tadbir doirasida:

🔹14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

🔹Homilador ayollar salomatligi tekshirildi

🔹Tug‘ma nuqsoni bor bolalar aniqlandi va ularga Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasida bepul davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com