Yangiliklar

Yoshlar – yurtimiz kelajagi, milliy rivojlanish poydevori!

27.06.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Bugun, 27-iyun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida – 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar uchun unutilmas, to‘lqinlantiruvchi bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, Institut rektori O.A.Xalimov yoshlarga bag‘ishlab ruhlantiruvchi ezgu tilaklar bildirdi.

Shuningdek, 2024–2025 o‘quv yilida o‘quv, jamoat va ilmiy sohalarda faollik ko‘rsatgan talabalar va aynan bugungi sana munosabati bilan, ya’ni «Matbuot va Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» munosabati bilan kadr ortidada doim mehnat qilib kelayotgan OAV xodimlari va Institut matbuoat kotibini taqdirladi.

✅ Bayram kunga xos kayfiyat bag‘ishlagan musiqiy konsert dasturi namoyon etildi.

✨ Tadbir davomida yoshlar faolligi, iqtidori va vatanparvarlik ruhi yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bu kabi tashabbuslar «Yangi O‘zbekiston» sari intilayotgan yoshlarimizning qanotiga quvvat bo‘ladi!

👏 Barcha faol va tashabbuskor talabalarimizga tashakkur aytamiz!

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com