Xotira abadiy, qadri yuksak!
08.05.2025 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Ximyo kafedrasi mudiri S. Meldebekova boshchiligida o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Vatanparvarlar bog‘i” va “Motamsaro ona” yodgorligiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Tashkil etilgan tadbirning asosiy maqsadi — Ikkinchi jahon urushi yillarida jonini fido qilgan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini e’zozlash, urush maydonidan omon qaytgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, bugungi tinch va farovon hayotimizning asoschilari bo‘lgan ajdodlarimizga chuqur minnatdorchilik tuyg‘usini yoshlar qalbiga singdirishdir.
Sayohat doirasida urush qahramonlari va institut tarixida iz qoldirgan faxriylarga bag‘ishlab ma’naviy darslar o‘tkazildi, ustozlar holidan xabar olindi.




