Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning vazifamiz!

08.08.2025

👁 4 marta ko‘rilgan

🛑 Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida xodimlar o‘rtasida halollik, adolat va poklikni targ‘ib qilish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini chuqurlashtirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

📌 Tadbir davomida 2025-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi” yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Tadbirda ayniqsa quyidagi normativ hujjatlarga alohida e’tibor qaratildi:

📄 PF–71-sonli Farmon – Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyani tasdiqlab, barcha davlat idoralari faoliyatida shaffoflik, hisobdorlik va halollik tamoyillarini mustahkamlashni belgilab berdi.

📄 PF–147-sonli Farmon – Davlat xizmatchilarining axloqiy qoidalarini belgilab, ular faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlarini kuchaytirish zarurligini ta’minlaydi.

👥 Tadbir davomida xodimlar o‘rtasida huquqiy ongni shakllantirish, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida tushunchalarni mustahkamlash, va eng muhimi – halollik, vijdon va poklik ruhini uyg‘otish borasida ochiq suhbatlar olib borildi.

📸 Tadbir yakunida ishtirokchilar qo‘llarida “Korrupsiyaga qarshi kurashamiz!” yozuvli flayerlar bilan esdalik suratga tushishdi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com