2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot…
02.07.2025 Поделиться2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi tashabbusi bilan institutning yosh tyutor va xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
🔹 Ushbu bilimdonlar bellashuvi ishtirokchilarning huquqiy, madaniy va tarixiy bilimlarini mustahkamlash, jamoaviy hamkorlikni kuchaytirish va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
️ 🧠 Qizg‘in va kuchli raqobat, tezkor fikrlash, jamoalarning topqirligi hamda zehn tezligi tadbirga yuqori kayfiyat bag‘ishladi. Zakovat ishtirokchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini va ishtiyoqini yanada oshirdi.
🏅Tadbir yakunida faol va bilimdon ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Bu esa ularni yanada ruhlantirdi va kelgusidagi faol ishtiroklarga rag‘bat bo‘ldi.
📚 Bunday tadbirlar yosh mutaxassislar o‘rtasida intellektual muhitni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube






