QMI Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan taqdirlandi
08.01.2025 ПоделитьсяO‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining oliy o‘quv yurtlaridagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi M.Kamalov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Uchrashuv davomida o‘tgan yilda yoshlar siyosatida amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi va boshlanayotgan 2025 yil uchun ish-reja, galdagi vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuvda, mamlakatimizda yoshlarni ma’naviy yetuk, vatanparvar inson etib tarbiyalashda, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilishda, yosh avlodni komil inson bo‘lib yetishishida, yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan loyiha va tadbirlarni tashkil etishdagi faolligi uchun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining birlamchi tashkilot yetakchisi Jangabayev Mirzamuhammedga Yoshlar ittifoqi tomonidan minnatdorchilik, maxsus statuetka va esdalik sovg‘alari topshirildi.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube



