Yangiliklar

Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv kursi tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi

14.02.2025

👁 7 marta ko‘rilgan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining devonxona mudirlari hamda ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limlari boshliqlari uchun qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev tomonidan topshirildi.

Ushbu o‘quv kursida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining Devonxona bo‘limi boshlig‘i Gulbaxar Otenazarova, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlar bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi bosh mutaxassisi Zulfiya Baymuratovalar ishtirok etdi va sertifatlarga ega bo‘ldi.

https://gov.uz/oz/edu/news/view/36150

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com