Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida yangi o‘quv yili boshlandi
04.09.2025 Поделиться📅 Bugun, 4-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 2025–2026-o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat madhiyalari ijro etildi.
✅ Tadbirda Institut rektori O.Xalimov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri M.Qurbonov nutq so‘zlab, birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar, ularning ota-onalari hamda institut jamoasini mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdilar.
🔸 O‘quv yilining ilk kuni “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi. Bugungi tadbirdan so‘ng esa talabalar institutning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodekslari hamda ta’lim jarayoniga oid muhim ma’lumotlar bilan tanishtiriladi.
📖 Ushbu tantanali jarayon yangi o‘quv yiliga qadamlardan biri sifatida talabalarda yuksak maqsadlar, vatanparvarlik va mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qildi.
✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube


