Yangiliklar

NUKUS Half Marathon – 2025

04.10.2025

👁 2 marta ko‘rilgan

Bugun, 4-oktyabr kuni Nukus shahrida “NUKUS Half Marathon” nomli yirik sport musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Marafon O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston bayroqlari o‘rnatilgan maydondan start oldi va soat 17:00 da boshlandi.

Musobaqa 5 km, 10 km hamda 21 km masofalarda tashkil etilib, unda respublikaning ko‘plab sport ixlosmandlari qatorida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari ham faol ishtirok etmoqda.

⚡️ Marafonning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com