Fotogarereya,Yangiliklar

“TalabaExpo–2025” — yoshlar bandligi va tashabbuskorligi sari muhim qadam!

24.10.2025

👁 8 marta ko‘rilgan

Kecha, 23-oktyabr kuni Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabi hududida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yirik “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

✨ Ushbu nufuzli tadbirda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etib, o‘qishdagi yutuqlari va jamoat ishlaridagi faolligi uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Tadbir doirasida:

🔹 100 ga yaqin ish beruvchilar,

🔹 10 mingga yaqin talabalar ishtirok etdi;

🔹 4 mingdan ortiq talabalar va ish beruvchilar o‘rtasida ochiq muloqotlar o‘tkazildi;

🔹 700 dan ortiq yangi ish o‘rinlari taqdim etildi;

🔹 Talabalarning biznes g‘oyalari va startap loyihalari tadbirkorlik yo‘nalishida targ‘ib qilindi.

Institut rektori O.Xalimov yoshlarning faolligini e’tirof etib, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rni va tashabbusiga ega bo‘lgan talabalarni rag‘batlantirdi.

Bu kabi ko‘rgazmalar nafaqat yoshlar bandligini ta’minlash, balki ularni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlash, innovatsion fikrlash va tadbirkorlik ruhini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com