QORAQALPOG‘ISTON TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI OLIMBAY XALIMOVNING MUROJAATI
31.10.2025 ПоделитьсяHurmatli talabalar!
Kuz-qish mavsumi — sinovli, ammo mas’uliyatli davr. Bu faslni sog‘-omon, xavfsiz va tinch o‘tkazish har birimizning burchimizdir. Shu maqsadda institut tomonidan bir qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.
🏠 Talabalarning yashash joylari xatlovdan o‘tkazilib, ularning issiqlik, suv, elektr va gaz ta’minoti tizimlarida ta’mirlash va yangilash ishlari olib borildi. Ushbu sa’y-harakatlar sizlarning qulay yashash sharoitingizni ta’minlashga xizmat qiladi.
🔥 Shu bilan birga, is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Har bir talaba:
▪️Isitish moslamalaridan faqat to‘g‘ri foydalanishi,
▪️Xonalarni doimiy shamollatib turishi,
▪️Qozonxona va mo‘rilarni mutaxassislar yordamida tekshirtirib chiqishi zarur.
Unutmang, ehtiyotkorlik — hayotingiz garovidir!
Bir zumlik beparvolik nafaqat o‘zingiz, balki yaqinlaringiz hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun barchangizni ogohlikka, mas’uliyat va hamjihatlikka chaqiraman. Kuz-qish mavsumini issiqlik, tinchlik va farovonlik bilan o‘tkazaylik.
Olimbay Xalimov
Qaraqalpaqstan medicina institutı rektorı
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
