Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida monitoring ishlari olib borilmoqda

04.11.2025

👁 4 marta ko‘rilgan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi topshirig‘iga binoan, 2025-yil 3–8-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida yoshlarga oid davlat siyosati, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar, sport-sog‘lomlashtirish faoliyatlari samaradorligini tahliliy-tanqidiy o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu doirada Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida ham vazirlik tomonidan biriktirilgan mas’ul shaxslar tomonidan joylarga chiqib o‘rganish, talabalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga mas’ul xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘rganishlarning asosiy maqsadi — yoshlarning bilim olishi, ma’naviy yetukligi va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashda institutda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.

Bu jarayon natijalari kelgusida ta’lim sifatini yuksaltirish va yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com