Kasaba uyushmalari kuni va Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bilimlar sinovi!
04.11.2025 ПоделитьсяBugun, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tomonidan O‘zbekistonda kasaba uyushmalari faoliyatining 120 yilligi, shuningdek “11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni” va “Tibbiyot xodimlari kuni” bayramlari munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Mehnat huquqi” mavzusida viktorina o‘yini tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarining huquqiy savodxonligi, bilim va tafakkur darajasi orqali bellashdilar. Viktorina jarayonlariga O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi L. Baybosinova, institut kasaba uyushmasi raisi M. Xabibov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Kurbanazarov hamda soha mutasaddilari ishtirok etdi.
Bilim va faolligi bilan ajralib turgan talabalar kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, mehnat munosabatlarida o‘z huquq va majburiyatlarini chuqur anglashlariga xizmat qildi.
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube








