Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 15 noyabrdan 15 dekabrga qadar «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish» oyligiga start berildi.

17.11.2025

👁 2 marta ko‘rilgan

Oylik doirasida institutimizda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasizlik, halollik va shaffoflikni targ‘ib qilishga qaratilgan bir qancha tadbirlar amalga oshiriladi.

Bunda: «Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi» eng yaxshi rasm tanlovi 19 noyabr kuni;

«Korrupsiyadan xoli ta’lim muassasasi» eng yaxshi videorolik tanlovi 22 noyabr kuni;

«Antikorrupsiya bilimdoni» bilimlar bellashuvi tanlovi 28 noyabr kuni;

Tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantiriladi.

https://t.me/kkmianticor

▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com