10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun
10.12.2025 ПоделитьсяBugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar birgalikda Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib, yuksak ruhda ijro etdilar.
Tadbir davomida Davlat madhiyasining mazmun-mohiyati, uning Vatanimiz mustaqilligi, birlik va fidoyilikni ifodalovchi ramz ekanligi alohida ta’kidlandi. Bu kabi ma’naviy tadbirlar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlaydi.
Shuningdek, ushbu tadbir an’ana sifatida institutning barcha kafedralarida ham davom ettirilib, darslar Madhiyani birgalikda ijro etish bilan boshlandi. Bu esa talaba-yoshlarga milliy iftixor va vatanparvarlik ruhini yanada oshirishga xizmat qildi.
▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube









