Qatag‘on qurbonlari xotirasiga hurmat – tarixdan saboq
13.12.2025 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutining tyutorlari va faol talaba-yoshlari «Qatag‘on qurbonlari» muzeyiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif siyosiy qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etildi.
Muzeydagi eksponatlar orqali yoshlar bugungi tinch va farovon hayotning qadriga yetish, berilayotgan imkoniyatlardan mas’uliyat bilan foydalanish zarurligini angladi.
Xususan, tashrif davomida Qosim Avezovning hayoti va faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. U 1935-1937-yillari Qoraqalpog‘iston va ittifoq miqyosida mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan bo‘lsa-da, 1937-yili «xalq dushmani» sifatida qatag‘onga uchrab, 1938-yili qatl etilgan. 1958-yili esa to‘liq oqlangan.
Ushbu tashrif talaba-yoshlar qalbida tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik va adolat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.



