Yangiliklar

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar va hamkorlar!

31.12.2025

👁 2 marta ko‘rilgan

Sizlarni kirib kelayotgan Yangi — 2026-yil bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi nomidan va shaxsan o‘zim nomimdan samimiy muborakbod etaman.

2025-yil institutimiz uchun muhim yutuqlar, ilmiy va ta’limiy salohiyatning yuksalishi, xalqaro e’tirof bilan yodda qoldi. Bu natijalar jamoamizning fidokorona mehnati va talabalarimizning izlanishlari samarasidir.

Yangi 2026-yil barchangizga mustahkam salomatlik, oilaviy fayz-baraka va yangi ilmiy hamda kasbiy muvaffaqiyatlar olib kelsin.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com