Yangiliklar

Buyuk shoir Alisher Navoiyning 585 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi

09.02.2026

👁 2 marta ko‘rilgan

Buyuk so‘z san’atkori, shoir Alisher Navoiy hayot yo‘li, bizga meros qoldirgan boy adabiy asarlarining yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni alohida hisoblanadi. So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog’iston tibbiyot institutida adabiy kecha tashkil etildi.

Kechada O‘zbek tili, tillar va ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari hamda Institut yoshlar yetakchisi va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar A.Navoiy hayoti va ijodi haqida so‘z yuritdi. Kecha davomida institute talaba-yoshlari tomonidan shoir qalamiga mansub she’riy satrlar, sahna ko‘rinishlari va g‘azallari jonli ovozda ijro etildi.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com