Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 6-mart kuni yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
09.03.2026 ПоделитьсяUnda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Jamalov, QR IIV Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi mutaxassisi S.Tanirbergenov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A. Ajiev, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” hamda “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman” mavzularida fikr almashildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotni kuchaytirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.


