Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar bilan “Ijod zavqi” nomli uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.
13.03.2026 ПоделитьсяTadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, akademik S.Baybosinov va Hunarmandlar uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i G.Embergenovalar mehmon bo‘ldi.
Tadbirda mehmonlar o‘z hayotlari davomida bosib o‘tgan yo‘llari va hozirda muhtaram prezidentimiz tomonidan ijodkorlar, hunarmandlar va madaniyat sohasi vakillariga ajratilgan imtiyozlar bo‘yicha so‘zlab berishdi. Shu bilan birga talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Shuningdek, talabalar akademik S.Baybosinov qalamiga oid ko‘rgazmalar bilan tanishdi.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube







