«MAQOM SAN’ATIMIZ GULTOJI»
01.05.2026 Поделиться➤ Bugun O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan tayyorlangan “Maqom san’atimiz gultoji” nomli konsert dasturi o‘tkazildi. Musiqiy dasturda institut jamoasi, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
➤ Tadbir avvalida mehmonlarni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori O.Xalimov samimiy kutib olib, tashrif buyurgan san’atkorlar hamda tashkilotchilarga chuqur minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u o‘z so‘zida yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda san’at va madaniyatning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi.
➤ Konsert dasturi davomida elimiz ardoqlagan san’atkorlar ijrosida mumtoz kuy-qo‘shiqlar, maqom yo‘nalishidagi betakror asarlar hamda xalqimizning boy musiqiy merosidan o‘rin olgan namunalar yangradi. Ijodiy chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirib, milliy san’atimizga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada oshirdi.









