G‘ALABA MUBORAK!

08.05.2026

👁 6 marta ko‘rilgan

➤ Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlarini tayyorlash markazida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining stol tennisi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

➤ Unda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.

➤ Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabasi Guljamal Xalmuratova faxrli 1-o‘rinni egallab, respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

➤ O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori O. Xalimov g‘olibani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklab, final bosqichida omad va zafarlar tiladi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com