“Munozara” respublika turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi!
25.05.2026 Поделиться➤ Joriy yilning 21–23-may kunlari Namangan davlat texnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida “Munozara” respublika turnirining 2026-yilgi final bosqichi tashkil etildi.
➤ Mazkur nufuzli turnirda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.
➤ Turnir davomida talaba-yoshlar o‘zlarining intellektual salohiyati, mustaqil fikrlashi, notiqlik mahorati hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdi.
➤ “Munozara” turniri yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish, erkin fikrlash madaniyatini rivojlantirish hamda liderlik qobiliyatlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📲 Bizni kuzatib boring:




