Yangiliklar

KITOBXONLIK – MA’NAVIY YUKSALISH OMILI

10.06.2026

👁 2 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, mutolaa orqali ilmiy va ma’naviy salohiyatni oshirish maqsadida «Kitobxon burchagi» faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur «Kitobxon burchagi» turli yo‘nalishdagi ilmiy, badiiy hamda ommabop adabiyotlar bilan boyitilib, mutolaa ixlosmandlari uchun qulay sharoit yaratildi. Bu esa xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bilim va dunyoqarashini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

✓ Shuningdek, institutda an’anaga aylangan «Kitob o‘qish soati» muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi tadbir doirasida professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida kitob mutolaasi tashkil etilib, o‘qilgan asarlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com