Yangiliklar

Komplayens nazorati bo‘yicha malaka oshirish

09.07.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

➤ Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali joriy etish, davlatimiz rahbari tashabbuslari hamda tizimli korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida institut xodimlarining malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

➤ Ayni kunlarda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Ernazar Ismailov Toshkent shahrida tashkil etilgan «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi (ISO 37001:2025) menejeri/ichki auditi» o‘quv kursida malaka oshirmoqda.

➤ Mazkur o‘quv kursi xalqaro ISO 37001:2025 standarti talablari asosida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etish, ichki auditni samarali tashkil etish hamda komplayens nazorati mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com