Yangiliklar

QORAQALPOG‘ISTON TIBBIYOT INSTITUTIDA VIRTUAL AKADEMIYA O‘QUV KURSLARI TASHKIL ETILDI

22.07.2026

👁 2 marta ko‘rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi» elektron platformasi orqali Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti xodimlari uchun «Davlat xizmatida halollikni ta’minlash» mavzusidagi navbatdagi onlayn o‘quv kursi tashkil etildi.

▪️ Mazkur o‘quv kurslari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarni mustahkamlash, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.

▪️ Institut xodimlari Virtual akademiya platformasi orqali maxsus o‘quv kurslarida faol ishtirok etmoqda.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com