INSTITUTDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
25.08.2026 ПоделитьсяOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 21-avgustdagi 356-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish maqsadida oliy ta’lim tashkilotlarida tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda.
Mazkur jarayon doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili T. Bayjanov Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida bo‘lib, institutning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.
Tashrif davomida o‘quv binolari, auditoriyalar, mavjud moddiy-texnik baza, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayonini yangi o‘quv yilida samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.









