Yangiliklar

HURMATLI OLIMBAY ASHIRBAEVICH!

25.10.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

Sizni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi nomidan 66 yoshga to‘lganingiz munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizning ko‘p yillik mehnat yo‘lingiz, tibbiy ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissangiz, shuningdek, yosh avlodni malakali mutaxassislar etib tarbiyalash yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz alohida e’tirofga loyiq.

Sizning rahbarligingizda institutimizning ta’lim va ilm-fan salohiyatini yuksaltirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda kelajak avlodni yetuk va malakali mutaxassislar etib tarbiyalash borasidagi ezgu sa’y-harakatlaringiz samarali natijalar berib, yangi yutuqlarga zamin yaratdi.

Ushbu qutlug‘ ayyomda Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, cheksiz kuch-g‘ayrat va Vatanimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin!

Hurmat bilan,

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com