ILM BILAN ERIŞILGAN YUTUQ: ONALAR SALOMATLIGI YÖLIDAGI INNOVATSION ĞOYA
26.11.2026 ПоделитьсяQoraqalpoğiston tibbiyot instituti talaba-yoşi Şodiyeva Aziza Baxtiyor qizi tibbiyot va zamonaviy texnologiyalar uyğunligiga asoslangan innovatsion loyihasi bilan e’tibor qozondi.
U tomonidan işlab çiqilgan “Mom Care AI” tibbiy qurilmasi tuğruqdan keyingi davrda ayollar salomatligini kuzatiş va xavfli holatlarni erta aniqlaşga qaratilgan. Qurilma sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida organizmdagi fiziologik özgarişlarni tahlil qilib, tuğruqdan keyingi qon ketişi xavfini baholaş hamda xavfli holat aniqlanganda şifokorga tezkor xabar yuboriş imkoniyatini nazarda tutadi.
Mazkur işlanmaning asosiy maqsadi — tuğruqdan keyingi asoratlarni erta aniqlaş, tibbiyot xodimlarining tezkor munosabatini ta’minlaş va onalar salomatligini muhofaza qilişga kömaklaşişdan iborat.
Aziza Şodiyeva özining uşbu loyihasi bilan “Eng innovatsion ğoya” tanlovida iştirok etib, faxrli birinçi örinni qölga kiritdi hamda loyihani rivojlantiriş uçun 50 million söm miqdoridagi grant sohibasiga aylandi.
Bu natija yoşlarning ilmiy izlanişlari, taşabbuskorligi va zamonaviy texnologiyalarni tibbiyot amaliyotiga tatbiq etişga bölgan intilişi samarasi hisoblanadi.
Şodiyeva Aziza Baxtiyor qizini uşbu yutuği bilan tabriklaymiz! Kelgusidagi ilmiy izlanişlari va innovatsion loyihalarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.