ILM BILAN ERISHILGAN YUTUQ: ONALAR SALOMATLIGI YO‘LIDAGI INNOVATSION G‘OYA
26.11.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talaba-yoshi Shodiyeva Aziza Baxtiyor qizi tibbiyot va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligiga asoslangan innovatsion loyihasi bilan e’tibor qozondi.
U tomonidan ishlab chiqilgan “Mom Care AI” tibbiy qurilmasi tug‘ruqdan keyingi davrda ayollar salomatligini kuzatish va xavfli holatlarni erta aniqlashga qaratilgan. Qurilma sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida organizmdagi fiziologik o‘zgarishlarni tahlil qilib, tug‘ruqdan keyingi qon ketishi xavfini baholash hamda xavfli holat aniqlanganda shifokorga tezkor xabar yuborish imkoniyatini nazarda tutadi.
Mazkur ishlanmaning asosiy maqsadi — tug‘ruqdan keyingi asoratlarni erta aniqlash, tibbiyot xodimlarining tezkor munosabatini ta’minlash va onalar salomatligini muhofaza qilishga ko‘maklashishdan iborat.
Aziza Shodiyeva o‘zining ushbu loyihasi bilan “Eng innovatsion g‘oya” tanlovida ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda loyihani rivojlantirish uchun 50 million so‘m miqdoridagi grant sohibasiga aylandi.
Bu natija yoshlarning ilmiy izlanishlari, tashabbuskorligi va zamonaviy texnologiyalarni tibbiyot amaliyotiga tatbiq etishga bo‘lgan intilishi samarasi hisoblanadi.
Shodiyeva Aziza Baxtiyor qizini ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz! Kelgusidagi ilmiy izlanishlari va innovatsion loyihalarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.