KONSTITUTSIYA — HUQUQ VA ERKINLIKLARIMIZ KAFOLATI!
27.11.2026 ПоделитьсяQoraqalpoğiston tibbiyot institutida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi tomonidan talaba-yoşlar iştirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirni Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi örinbosari M. Esengeldiev olib bordi. Qoraqalpoğiston tibbiyot instituti rektori O. Xalimov kiriş sözi bilan tadbirni oçib, Konstitutsiyaning mamlakatimiz taraqqiyotidagi örni, inson huquq va erkinliklarini ta’minlaş hamda qonun ustuvorligini mustahkamlaşdagi ahamiyatiga alohida töxtaldi.
Şuningdek, Xalq deputatlari Nukus şahar Kengaşi deputati T. Doshekenov hamda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar parlamenti a’zosi X. Utemuratovalar sözga çiqib, Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi örni, yoşlarning huquqiy ongi va siyosiy faolligini oşiriş, ularning mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda iştirokini kengaytiriş masalalari yuzasidan fikr bildirdilar.
Tadbir davomida talaba-yoşlar Konstitutsiyada belgilangan huquq va majburiyatlar, demokratik qadriyatlar hamda fuqarolik mas’uliyati haqida yanada kengroq tasavvurga ega böldilar.







