YOŞLAR UÇUN HAYOTIY SABOQ VA EZGU NASIHATLAR
27.11.2026 ПоделитьсяQoraqalpoğiston tibbiyot institutida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub”i mazmun-mohiyatiga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Unda institut rektori O. Xalimov hamda talaba-yoşlar iştirok etdi. Tadbir davomida Prezident maktubida ilgari surilgan ezgu ğoyalar, yoş avlodning bilimli, intiluvçan va vatanparvar insonlar bölib voyaga yetişidagi mas’uliyati xususida fikr yuritildi.
Institut rektori O. Xalimov öz sözida mazkur maktub yoşlar uçun nafaqat samimiy nasihat, balki katta hayotiy mas’uliyat va yuksak maqsadlar sari undovçi muhim murojaat ekanini ta’kidladi. Ayniqsa, tibbiyot sohasini tanlagan yoşlar çuqur bilim, mustahkam iroda, kasbiy mas’uliyat va insonparvarlik fazilatlarini özida mujassam etişi zarurligiga e’tibor qaratildi.
Zero, bugungi bilimli, taşabbuskor va mas’uliyatli yoşlar — ertangi Yangi Özbekiston taraqqiyotining mustahkam tayançidir.



