Yangiliklar

EKOLOGIK MADANIYAT — SOĞLOM KELAJAK ASOSI

26.11.2026

👁 4 marta ko‘rilgan

Qoraqalpoğiston tibbiyot institutida Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-184-sonli “2030-yilgaça bölgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori ijrosini ta’minlaş, talaba-yoşlar örtasida ekologik madaniyatni yuksaltiriş hamda atrof-muhitni muhofaza qilişga mas’uliyatli munosabatni şakllantiriş maqsadida davra suhbati taşkil etildi.

Joriy yilning 26-noyabr kuni institut Xotin-qizlar kengaşi taşabbusi bilan ötkazilgan tadbirda xotin-qizlar masalalari böyiça rektor maslahatçisi Z. Erimbetova hamda Gigiyena va atrof-muhitni muhofaza qiliş kafedrasi assistenti T. Kalilaeva iştirok etdi.

Davra suhbatida bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan ekologik muammolar, jumladan, suv resurslarining kamayişi va içimlik suvi tanqisligi, atrof-muhitdagi özgarişlarning inson salomatligiga ta’siri, allergik reaksiyalar xavfi, atmosfera tarkibidagi özgarişlar, çang-tözonlar hamda keskin ob-havo hodisalarining kuçayişi kabi masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

Şuningdek, ekologik muvozanatni saqlaş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va ekologik xavfsizlikni ta’minlaşda har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekani ta’kidlandi.

Tadbir davomida talaba-yoşlarning ekologik muammolarga befarq bölmasligi, tabiatni asraş va uni kelajak avlodlarga sof holda yetkazişdagi faol iştiroki alohida qayd etildi. Iştirokçilarga kundalik hayotda suv va elektr energiyasini tejaş, daraxt ekiş, hududlar tozaligini saqlaş, çiqindilarni belgilangan tartibda taşlaş kabi oddiy, ammo muhim ekologik odatlarga rioya etiş yuzasidan tavsiyalar berildi.

Davra suhbati talaba-yoşlarning ekologik bilimlarini mustahkamlaş, tabiatga mas’uliyatli munosabatini şakllantiriş hamda ekologik barqarorlikka qaratilgan taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga xizmat qildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com