ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLAR

 Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi

Tleubergenova Azima Baltabayevna

 Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig‘i



Qabul vaqti:Dushanba – Shanba 09:00 dan 17: 00
Tel:(8361) 222-84-32
Faks:(8361) 222-84-36
E-mail:nukusmed@mailáru
Manzil:Nukus shahri, A.Dosnazarov ko’chasi 108-uy

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi 


  Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi institutning asosiy tarkibiy bo’linmalaridan biri bo’lib, u nizomga muvofiq ish olib boradi va o’z faoliyatini oliy hokimiyat, ma’muriyat, shuningdek, Ilmiy kengashning qarorlari va buyruqlari asosida tashkil etadi.


Bo’limning asosiy maqsadlari:


  Institut kafedra va klinikalarida to’garaklar ishini tashkil qilish, iqtidorli talabalarni zamonaviy ilm-fan asoslarini egallash, ularning ilmiy faoliyatini ilm-fanning eng dolzarb yo’nalishlari sohalariga yo’naltirish, tibbiyot fani yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish, ilmiy izlanishlarni takomillashtirish, ilmiy natijalarni chop qilish va ilmiy anjumanlarda qatnashish hamda ma’ruzalar qilish, faol yoshlar va ularning rahbarlarini rag’batlantirish, shu yo’nalishlarda taklif va maslahatlar berish.


Bo’limning vazifalari:


– iqtidorli talabalarni, izlash va aniqlashni tashkil etish;

– ta’lim olayogan iqtidorli talabalarning, ya’ni bo’lajak tibbiyot hodimlari va yosh olimlarning intelektual salohiyatini muntazam ravishda aniqlab borish;

– iqtidorli talabalarning moyilligiga qarab, ularni maqsadli tayyorlashni uyushtirish;

– fundamental ilmiy-tadqiqot ishlariga, ilmiy to’garaklarga va mualliflik jamoalariga jalb qilishni uyushtirish;

– iqtidorli talabalarni ilmiy maqolalarini chop etishga, hamda ularning ilmiy ishlari va ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etishda ko’maklashish;

– iqtidorli talabalarni Respublika va Xalqaro miqiyosda o’tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlash hamda xorijiy davlatlarga chiqishga va malaka oshirishga yuborishni tashkil etish;

– iqtidorli talabalar safidan O’zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni maxsus tayyorlash;

– talabalarni mustaqil ilmiy tajribalar o’tkazishga, turli xil zamonaviy asbob-uskunalar bilan ishlashga, klinik-morfologik tekshirishlar olib borishga ko’maklashish;

– iqtidorli talabalarni ilm va fan arboblari, tibbiyot muassasalari rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashuvlarini tashkil etish;

– iqtidorli talabalar uchun ixtisoslik bo’yicha kasb o’yinlarini tashkil etish;

– zamonaviy axborot tizimidan foydalanishga shart-sharoitlar yaratish.


Institut talabalari erishgan natijalari

2024-yil

2023-yil

2022-yil

2021-yil

2020-yil

© 2025 kkmi