
Hindistonning Era universiteti delegatsiyasi Qoraqalpog‘istonda bo‘ldi
16.09.2025 Поделиться
Shu yilning, 9-10-sentyabr kunlari Era universitetining boshqaruvchi direktori Muhsin Ali Xon boshchiligidagi delegatsiya Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi.
Delegatsiyani Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori O.Xalimov kutib oldi va institutni yaqindan tanishtirdi. Ular o‘zlari tomonidan tibbiyot sohasi bo‘yicha yaratilgan innovatsion texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish metodikasini taqdim etdi. Shuningdek, institutda yaratilgan ta’lim sharoitlari bilan ham tanishdi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama memorandum imzolandi. Unda quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik nazarda tutilgan:
- akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish;
- professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish;
- ilmiy tadqiqotlarda hamkorlikni rivojlantirish;
- seminar va konferensiyalar tashkil etish;
- ilmiy hamda xalqaro jurnallarda maqolalar nashriga ko‘mak berish.
Shuningdek, ta’lim jarayoniga 3D animatsion metodlar asosida o‘qitish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bu hamkorlik nafaqat Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida ta’lim sifatini oshirishga, balki xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlashga ham katta hissa qo‘shadi.



