ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLAR

Tuzilma · Ilmiy va o‘quv bo‘limlari
Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi
Institutda kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qiladi, ichki baholashni tashkil etadi va ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi.

Bo‘lim haqida

Bo‘limning amaldagi nomi — Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi (avvalgi nomi — Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi). Bo‘lim Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 72-son buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan va bevosita Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tarkibiga kiradi. Bo‘lim faoliyati institut Kengashining 2025-yil 30-sentyabrdagi majlisida tasdiqlangan Nizom asosida yuritiladi.

Asosiy maqsad
Talabalar bilimining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, institutni ichki baholashdan o‘tkazish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish.
Kimga bo‘ysunadi
Bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi. Vazirlikning ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash va ta’lim sifatini ta’minlash departamentiga hisobdor.
Mustaqillik
Bo‘lim faoliyatiga prorektor, dekan va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi (Nizom, 8-band).
Tayinlash tartibi
Bo‘lim boshlig‘i vazirlik bilan kelishilgan holda rektor buyrug‘i bilan tayinlanadi; bosh mutaxassislar rektor buyrug‘i bilan tayinlanadi.

Faoliyatga oid hujjatlar: Prezidentning 2025-yil 5-maydagi PQ-76-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son qarori (ta’lim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimi).

Xodimlar

Meldebekova Saule Undashevna
Bo‘lim boshlig‘i
Meldebekova Saule Undashevna
Gabbarova Jadıra Nietalıevna
Bosh mutaxassis
Gabbarova Jadıra Nietalıevna

Vazifa va funksiyalar

Nizomning 9-bandida bo‘limning 30 ta asosiy vazifasi, 10-bandida 32 ta funksiyasi belgilangan. Asosiylari:

  • Institut kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish
  • Institut talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlari (DTS)ga muvofiqligini hamda talabalarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish
  • Professor-o‘qituvchilarning dars berishi sifatini muntazam ravishda tahlil qilish
  • Institutni ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish
  • O‘quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligini va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi)
  • Institutda plagiatga qarshi dasturlarning joriy etilishini ta’minlash (jumladan, akademik halollik tamoyillarini joriy etish va ko‘chirmachilikka qarshi ishlarni tizimli ravishda tashkil etish)
  • Institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish
  • Institut reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish
Barcha vazifalar (30 ta) — Nizom, 9-band
  1. Institut kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish
  2. Institut talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlari (DTS)ga muvofiqligini hamda talabalarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish
  3. Ta’lim sifatini ta’minlay oladigan professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, jumladan salohiyatli o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati malakasini oshirish imkonini beradigan (ob’ektiv) shaffof tashkiliy mexanizmlarni yaratish
  4. Professor-o‘qituvchilarning dars berishi sifatini muntazam ravishda tahlil qilish
  5. Institutni ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish
  6. O‘quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligini va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi)
  7. Malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarning kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish
  8. Bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni shakllantirish
  9. O‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorat talab darajasida yo‘lga qo‘yilganligi o‘rganib borish
  10. Dars o‘tish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarning jalb etilganligi o‘rganib borish
  11. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganligi bo‘yicha ko‘rilgan choralar samaradorligini aniqlash
  12. Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirganligi, dasturlarga fandagi yangiliklarning kiritilganligini o‘rganish
  13. Professor-o‘qituvchilarga o‘quv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish
  14. Axborot-resurs markazida talaba va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar bo‘yicha darsliklarning mavjudligi, talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish
  15. Mustaqil ta’limni talab darajasida tashkil etilishini o‘rganish va tahlil qilish (yo‘riqnoma yoki uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqilishi, mustaqil ta’limni tashkil etish uchun talablarning qo‘yilishi va talabalar yuklamasini shakllantirilishini ta’minlash)
  16. Institutda plagiatga qarshi dasturlarning joriy etilishini ta’minlash (jumladan, akademik halollik tamoyillarini joriy etish va ko‘chirmachilikka qarshi ishlarni tizimli ravishda tashkil etish)
  17. Vazirlikning topshirig‘iga muvofiq, boshqa oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganishda ishtirok etish
  18. Ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish
  19. Institut professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish
  20. Institutning o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish
  21. Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish
  22. Institutda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish
  23. Institut reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish
  24. Institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish
  25. Institut reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish
  26. Institutning tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish
  27. Institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish
  28. O‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish
  29. Institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish
  30. Ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish
Bo‘lim funksiyalari (32 ta) — Nizom, 10-band
  1. Institutda ta’lim sifatini DTS va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni va chora-tadbirlarni amalga oshiradi
  2. Asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini aniqlash, uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo‘nalishlarini belgilab berishga va bu jarayonni muvofiqlashtirishga qaratadi
  3. Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o‘rganadi
  4. Talabalarning darslik va o‘quv qo‘llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo‘llanmalar) bilan ta’minlanganlik darajasini va zamonaviy talablarga mosligini ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi
  5. Institut professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qiladi yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganadi va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qiladi
  6. O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o‘rganadi va ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflarni beradi
  7. Ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini, institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy- tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy, innovatsion va h.k. tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tatbig‘ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo‘yicha o‘rganadi
  8. Institut tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv- laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganigi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi
  9. Ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasini, institutning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik echimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini (samarali yoki samarasizligini) o‘rganadi
  10. O‘z sohasi bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarning rivojlanishiga qarab ta’lim jarayonlarini amalga oshirish uchun pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam emasligi) hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha iste’molchilar bozorining o‘rganilganligini (marketing xizmati asosida) tahlil qiladi
  11. Ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini tahlil qiladi
  12. Talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligini o‘rganadi
  13. Institutning tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchi instituti orqali oliy malakali kadrlar tayyorlash faoliyatini tahlil qiladi
  14. Institutning ta’lim muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini tahlil qiladi
  15. Institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida), professor-o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, ta’lim muassasasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy sifatlarini (so‘rovnoma asosida) o‘rganadi
  16. Institut axborot-resurs markazi fondining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini aniqlaydi
  17. Bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga o‘qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qiladi
  18. Ota-onalar va ish beruvchilar hamda boshqa manfaatdor shaxslarning homiylik kengashi faoliyatidagi va ta’lim jarayonidagi ishtirokini tahlil etadi
  19. Professor-o‘qituvchilar reytingini aniqlash bo‘yicha takliflar kiritadi
  20. Talabalarning mustaqil ta’lim samaradorligini davriy ravishda monitoring qiladi
  21. Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan xorijiy tillarni o‘rganishning samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritadi
  22. Talabalar bilimini baholash bo‘yicha nazorat natijalarini tanlama tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini va shaffofligini o‘rganadi va takliflar tayyorlaydi
  23. Yakuniy davlat attestatsiyalarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilgan holda o‘tkazilganligini va uning natijalarini tahlil qiladi
  24. Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazadi, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi, ularni institut rektoriga o‘rnatilgan tartibda taqdim qiladi
  25. Institutda kadrlar tayyorlash sifati va talabalar bilim darajasini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi
  26. Institut faoliyatini xalqaro ta’lim sifatini aniqlash indikatorlari bilan taqqoslash asosida uning jahon reytingida munosib o‘rin egallashi uchun tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi
  27. Institutda xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligini, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, tayanch doktorant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini (seminar, anjuman, simpozium va h.k.), chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy- tadqiqot ishlarini, xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini tahlil qiladi va bu sohani rivojlanishiga takliflar beradi va amaliy yordam ko‘rsatadi
  28. Bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida, institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganadi va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etadi
  29. Vazirlik tomonidan amalga oshiriladigan institut reytingini aniqlash va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda hamda boshqa topshiriq va vazifalarni bajarishda ishtirok etadi
  30. Institut reytingini xalqaro darajaga ko‘tarish uchun tajribali professor- o‘qituvchilar va yosh mutaxassislarni chet el tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safariga yuborish va ularning natijasini ta’lim jarayoniga tadbiq etishda institut rahbariyati bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi
  31. Respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib boradi va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi
  32. Institutda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari asosidagi takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etadi

Huquq va majburiyatlar

Huquqlari (Nizom, 11-band)
  • Vazifalarni bajarish uchun institut tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumot va materiallarni olish
  • O‘qitish sifatini, ishchi o‘quv rejalari va fan dasturlarining DTS, malaka talablari va namunaviy dasturlarga muvofiqligini o‘rganish
  • Attestatsiyada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va ijrosini nazorat qilish
  • Ta’lim sifatiga oid qarorlar ijro etilmaganda mas’ullarga nisbatan choralar ko‘rish bo‘yicha rahbariyatga taklif kiritish
  • Talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va ish beruvchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishni tashkil qilish
  • Ta’lim sifati bo‘yicha xalqaro konferensiya, seminar va o‘quvlarda ishtirok etish
  • Belgilangan tartibda institut Kengashiga saylash va saylanish
Majburiyatlari (Nizom, 12–13-bandlar)
  • Xizmat vazifalarini vijdonan bajarish
  • Davlat inspeksiyasiga taqdim etilayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga javob berish
  • Ishchi o‘quv rejalari va fan dasturlari sifati, yakuniy attestatsiya va reyting baholari xolisligi nazoratini tashkil etish
  • Ijro, o‘quv va mehnat intizomiga, institut Ustavi, ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya etish

Ichki sifatni ta’minlash siyosati va standartlari

Siyosat Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi (o‘sha paytdagi nomi — Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi), o‘quv-uslubiy bo‘lim, fakultetlar va boshqa bo‘linmalar tomonidan ishlab chiqilgan. O‘quv-uslubiy Kengashning 2024-yil 17-oktyabrdagi qarori bilan kelishilgan va institut Kengashining 2024-yil 13-noyabrdagi 3-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Hujjat Evropa oliy ta’lim makonidagi sifatni ta’minlash standartlari (ESG) asosida tuzilgan.

Sifatni ta’minlashning 15 tamoyili
  1. Ta’lim sifati va uni ta’minlash uchun javobgarlik
  2. Sifatni ta’minlashning ta’lim oluvchilar xilma-xilligiga muvofiqligi
  3. Qonunchilik, me’yoriy talablar va ESG tavsiyalariga muvofiqlik
  4. Barcha ta’lim dasturlari sifatini ta’minlash va oshirish
  5. Rahbariyatning strategiya, siyosat va protseduralar birligini ta’minlashdagi hal qiluvchi roli
  6. Tashqi va ichki manfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini hisobga olish
  7. Talabalarga nisbatan imkoniyatlar tengligi va adolat
  8. Akademik halollik, korrupsiyaga “nol murosasizlik”, kamsitishga murosasizlik
  9. Vakolat va javobgarlikning aniq taqsimlanishi
  10. Jarayonli yondashuv va komplayens xavflarni hisobga olish
  11. Qarorlarni ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilish asosida qabul qilish
  12. Sifat tizimini uzluksiz takomillashtirish va sifat madaniyatini rivojlantirish
  13. Sifatni tashqi va ichki baholashni qo‘llash
  14. Siyosat va standartlarni muntazam qayta ko‘rib chiqish
  15. Manfaatdor tomonlar uchun axborotning shaffofligi va ochiqligi
10 ta ichki standart
STANDART 1
Sifatni ta’minlash siyosati
Sifat tizimining tuzilmasi, sifat madaniyati, ochiqlik
STANDART 2
Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash
Milliy malaka ramkasi, kasbiy standartlar va DTS asosida
STANDART 3
Talabaga yo‘naltirilgan ta’lim, o‘qitish va baholash
Moslashuvchan trayektoriya, xolis baholash
STANDART 4
Qabul, o‘zlashtirish, tan olish va sertifikatlash
Qabul tartibi, natijalarni tan olish
STANDART 5
O‘qituvchilar tarkibi
Meritokratiya, shaffof tanlov va kasbiy o‘sish
STANDART 6
Ta’lim resurslari va talabalarni qo‘llab-quvvatlash
Auditoriya, laboratoriya, kutubxona, klinik bazalar
STANDART 7
Ma’lumotlarni boshqarish
Ishonchli ma’lumot asosida qaror qabul qilish
STANDART 8
Jamoatchilikni xabardor qilish
Aniq, to‘g‘ri, xolis va dolzarb axborot
STANDART 9
Dasturlarni monitoring va davriy baholash
Ta’lim dasturlarini muntazam qayta ko‘rib chiqish
STANDART 10
Tashqi sifatni doimiy ta’minlash
Akkreditatsiya va tashqi baholashda ishtirok
Javobgarlik
Sifatni ta’minlash institut rahbariyati, barcha tarkibiy bo‘linmalar, kafedralar va talabalarning umumiy mas’uliyati hisoblanadi. Har bir fakultetda Sifatni ta’minlash komissiyasi tuziladi: u ta’lim dasturlari, baholash siyosati va akademik halollik masalalari bo‘yicha qaror qabul qiladi hamda talabalar va o‘qituvchilar bilan qayta aloqani ta’minlaydi.

Hujjatlar

HujjatTasdiqlanganHajmi
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi NizomiInstitut Kengashi, 30.09.2025; rektor tomonidan tasdiqlangan12 bet
Ichki sifatni ta’minlash siyosati va standartlariInstitut Kengashi, 13.11.2024, 3-son bayonnoma16 bet

Bo‘lim bilan bog‘lanish: yuqoridagi telefon va e-pochta orqali. Ta’lim sifati bo‘yicha taklif va murojaatlarni onlayn so‘rovnoma orqali ham yuborishingiz mumkin.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com