Yangiliklar

“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan”

16.02.2026

16-fevral kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, terrorizmga qarshi kurashish, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Z.Alewov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi vakillari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis H.Ibragimova, Muhammad al-Beruniy nomidagi o‘rta maxsus islom bilim yurti dotsenti Q. Mambetov hamda institut profilaktika inspektori T.Qarlibayeva ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularni zararli g‘oyalardan himoya qilish, sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish hamda sifatli ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, barkamol avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek, yoshlar – nafaqat kelajagimiz, balki bugunimiz va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com