QTI talabalari — «Munozara» intellektual turnirida
24.09.2026 Поделиться
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida dustlik «Munozara» intellektual turniri bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talaba-yoshlaridan tashkil topgan «Munozara» intellektual klubi jamoasi ham munosib ishtirok etdi.
Turnir davomida ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, dalillash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Mazkur intellektual bellashuv talaba-yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, erkin fikrlash hamda munozara olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.



