Yangiliklar

OLIY MAJLIS DEPUTATLARI QORAQALPOG‘ISTON TIBBIYOT INSTITUTI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

15.10.2026

👁 11 marta ko‘rilgan

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zolari Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutiga tashrif buyurib, muassasaning faoliyati, mavjud imkoniyatlari hamda ta’lim jarayonini tashkil etish sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif dastlab institutning laboratoriyasi, axborot-resurs markazi va o‘quv xonalarini ko‘zdan kechirishdan boshlandi. Deputatlar laboratoriyada yaratilgan sharoitlar, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish imkoniyatlari, o‘quv xonalarining jihozlanishi hamda talabalarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar. Shuningdek, axborot-resurs markazining ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini axborot manbalari bilan ta’minlashdagi o‘rni va imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Shundan so‘ng institut faoliyatini yanada rivojlantirish, tibbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ilmiy salohiyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida sohada mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. Jumladan, tibbiy ta’limda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash va sog‘liqni saqlash tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot chog‘ida institut faoliyatida uchrayotgan muammolarni chuqur o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish hamda parlament va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

Tashrif yakunida institut vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish, mavjud masalalarni hal etish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com