Yangiliklar

MILLIY LIBOS — MILLIY QADRIYATLARIMIZ IFODASI

23.10.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida haftaning har juma kuni o‘tkaziladigan Milliy liboslar kuni munosabati bilan talaba-yoshlar va institut jamoasi milliy kiyimlarda ishtirok etdilar.

Ushbu tashabbus fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Jienbaeva va tyutorlar hamkorligida tashkil etildi.

Mazkur tashabbus orqali milliy liboslarimizda mujassam bo‘lgan tarixiy meros, urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlar orasida milliy o‘zlikni anglash hamda madaniy merosga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga e’tibor qaratildi.

Milliy liboslar kuni institut hayotiga o‘ziga xos ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, milliy an’analarimizni targ‘ib etishga xizmat qildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com