Yangiliklar

O‘ZBEK TILI HAFTALIGI KO‘TARINKI RUHDA YAKUNLANDI

23.10.2026

👁 13 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yuksaltirish, talaba-yoshlarning tilga bo‘lgan hurmatini oshirish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida besh kun davomida O‘zbek tili haftaligi tashkil etildi.

Haftalik doirasida ommaviy diktant, she’riyat va adabiyot kechasi, “O‘zbek tili” chellenji, kino kechasi hamda davra suhbatlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlar talabalarning ona tiliga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish, adabiyotga qiziqishini oshirish, nutq madaniyatini rivojlantirish va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratildi.

Haftalik davomida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar e’tirof etilib, ularni taqdirlash marosimi ham tashkil etildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com