Yangiliklar

XALQARO HAMKORLIK: QTI VA SHINJON TIBBIYOT UNIVERSITETI ALOQALARI YANGI BOSQICHDA

20.10.2026

👁 4 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori Olimboy Xalimov Xitoy Xalq Respublikasidagi Shinjon tibbiyot universitetining 70 yilligi munosabati bilan 2026-yil 14–16-oktabr kunlari tashkil etilgan yubiley tadbirlarida ishtirok etdi.

Tadbirlar doirasida ilmiy seminarlar, madaniy almashinuv uchrashuvlari o‘tkazilib, tibbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti hamda Shinjon tibbiyot universiteti huzuridagi Seventh Affiliated Hospital va Seventh Clinical Medical School o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalqaro konferensiya va seminarlarda ishtirok etish, shuningdek, akademik tajriba va ilmiy axborot almashinuvini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ushbu hamkorlik Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining xalqaro aloqalarini mustahkamlash, tibbiy ta’lim sifatini oshirish va ilmiy salohiyatini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com